OChL. «Paxtakor» durangni va pley-off yo'llanmasini qo'ldan chiqardi

"Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichining so'nggi turida qiyin o'yin o'tkazdi. Shota Arvaladze shogirdlari Jidda shahrida "Al-Ahli" klubi mehmoni bo'lib, imkoniyatni boy berdi.

Vaholanki, toshkentliklar o'zlari uchun kerak bo'lgan — durangga erishishga juda yaqin turishgandi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarini vakillarimiz juda yaxshi o'tkazib, bir nechta xavfli hujumlar tashkil etishdi. Ammo futbolchilarimiz ulardan foydalana olishmadi.

Taym o'rtalariga kelib saudiyaliklar asta-sekin tashabbusni qo'lga ola boshladilar. Ikkinchi bo'limda esa to'liq ustunlik "Al-Ahli" tomonida bo'ldi. Bahsning 69-daqiqasida Umar as-Soma qanotdan etkazilgan uzatmani bosh bilan Quvvatov darvozasiga joylab qo'ydi.

"Paxtakor" esa vaziyatni o'nglash uchun hujumlar tashkil qila boshladi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida Cheran uzatib bergan to'pni Sergeev bo'sh qolgan darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi.

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. Ana shu daqiqalar o'tib borayotganida Abdulrahmon G'arib jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo'lladi va jamoasiga g'alabani taqdim etdi.

Natijada "Paxtakor" 8 ochko bilan "D" guruhida 3-o'rinda qolib ketdi. "Al-Ahli" esa 9 ochko bilan pley-offga yo'l oldi.

OChL, "D" guruhi, 3-tur
"Al Ahli" - "Paxtakor" - 2:1 (0:0)
Gollar: Umar as-Soma (69), Abdulrahmon G'arib (90+2) — Igor Sergeev (88)
"Al-Ahli": Muhammad Ovays, Muhammad Fatil, Paulo Diaz, Abdulloh Tarmin, Abdulbosit Hindi, Aderlan Santos, Yusuf Harbi, Salman Muvashar, Abdulfattoh Asiri, Xorxe Semedo, Umar as-Soma
Zaxira: Bosim Solih, Taysir Jassim, Nuh Ibrohim, Ayman Alhulayf, Abdulrahmon G'arib, Hani Ismoil, Omar Siroj
"Paxtakor": Quvvatov, Sayfiev, Krimets (s), A'zamov, Alijonov, Hamrobekov, Sobirxo'jaev, Masharipov, Cheran, Hamdamov, Bikmaev
Zaxira: Suyunov, Komilov, Ahmadov, Sergeev, Kozak, Sindarov, Simich

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив