Xavi noqulay ahvolga tushib qoldi (foto, video)

Qatarning "As-Sadd" va "Duxayl" klublari Osiyo chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida o'zaro to'qnash kelishdi.

O'yin so'ngida to'p himoyachining qo'liga tegdi, ammo hakam duxaylliklar darvozasi tomon penalti belgilamadi. Bundan asabiylashgan "As-Sadd" bosh murabbiyi Xavi, jahl bilan erda yotgan suv-idishni tepdi. Buning oqibatida mutaxassisning oyog'idan butsasi uchib ketdi.

Javob o'yini 13 avgust kuni bo'lib o'tadi.

"Ad-Duxayl" - "As-Sadd" - 1:1 (1:1)
Gollar: Afif, 33 - 0:1, Msakni, 44 - 1:1.

39 yoshli Xavi 2 oy avval futbolchilik faoliyatini yakunlab, shundan so'ng "As-Sadd" bosh murabbiyiga aylangan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив