Ektor Kuper Jaloliddin Masharipovga e'tiroz bildirdi

Osiyo kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston – O'zbekiston (0:4) o'yinidan so'ng Jaloliddin Masharipov mikst-zonada jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

“O'yindan avval bolalarda g'alaba bo'lgan chog'lanish juda kuchli edi. Lekin birinchi gol urilgunga qadar o'yin oson kechgani yo'q. Lekin o'yin natijasidan, yirik g'alaba bilan muxlislarimiz ko'nglini shod etganimizdan juda ham xursandmiz. Oldingi o'yindagi g'alaba biroz qiyinroq qo'lga kiritilgani, bu o'yinda erkinroq harakat qilganimiz haqidagi savolga javob bersam, bu o'yingacha terma jamoa o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmadi va bu hol birinchi o'yinda jamoaning o'zaro bir birini tushunishida o'z aksini topdi. Ikkinchi o'yinga kelib bolalar bir-birlarini ancha yaxshi tushuna boshlashdi. Muxlislarimiz stadionda mana shunday jonli qo'llab-quvvatlab turishsa o'yinlarimiz yanada ochilaveradi.

Ektor Kuper menga e'tiroz bildirgan vaziyatga to'xtalsam, to'p bilan fint qilganim unga yoqmadi. U bunday narsalarni yoqtirmaydi. Lekin bunday qiliqlar muxlislarga yoqadi va yoshligimdan braziliyalik futbolchilarga xos bo'lgan fintlarni ishlatishga qiziqib kelaman.

Endi Yaponiya bilan o'yinda ham to'liq kuch bilan o'ynab, o'z kuchimizga baho bermoqchimiz. Chunki Yaponiyada jahon futbolida o'z o'rniga ega juda kuchli terma jamoa hisoblanadi”, - dedi milliy jamoa yarimhimoyachisi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив