Doston Hamdamov: «Muxlislar uchun ham g'alaba qozonish shart edi»

Osiyo kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston – O'zbekiston (0:4) o'yinidan so'ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Doston Hamdamov o'yin haqidagi fiklari bilan o'rtoqlashdi.

“Muxlislar kutgan o'yinni namoyish qila oldik deb o'ylayman. Bu musobaqaga kuchsiz jamoaning o'zi kelmagan. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz shart edi. Stadionda bizni 90 daqiqa qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytaman.

Keyingi o'yinda ham g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Yaponiyaga qarshi bizni qiziqarli o'yin kutyapti”,-deydi Doston Hamdamov.

Jaloliddin Qobiljonov yozib oldi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив