«PSJ» «MYu»ga qarshi o'yinni muxlislarsiz stadionda o'tkazishi mumkin

UEFA tartib-intizom qo'mitasi bugun, 11 yanvar kuni "PSJ"ga qarshi ochilgan ish yuzasidan qaror qabul qiladi. Parijlik muxlislar EChLning 6-turi doirasida bo'lib o'tgan «Tsrvena Zvezda»ga qarshi o'yinda (6:1) politsiya xodimlariga qarata pirotexnika vositalarini uloqtirishgandi.

Shu bois, L`Equipe tarqatgan xabarga ko'ra, «PSJ» Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi uy bahsini muxlislarsiz o'tkazishi mumkin.

"Manchester Yunayted" - "PSJ" o'yini 12 fevral kuni bo'lib o'tadi. Parijdagi javob bahsi esa 6 mart kuniga belgilangan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив