UEFA Di Mariyani emas, "PSJ" va "MYu"ni jazolaydi

"PSJ" yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya EChL 1/8 finalida "MYu"ga qarshi birinchi o'yindagi qilmishi uchun UEFA tomonidan jazolanmaydigan bo'ldi.

Bu UEFA rasmiy saytida berilgan ma'lumotlar orqali aniq bo'lgan.

Avvalroq, futbolchi ushbu uchrashuvda muxlislarni haqorat qilgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi taxmin qilingan edi.

"PSJ" 53-daqiqada hisobni ochdi, Di Mariya esa "MYu" muxlislarini ingliz tilida so'kdi va ispan tilida nimalardir dedi.

Rasmiy saytda Di Mariyaning jazolanishi haqida xabar yo'q. Tartib-intizom choralari har ikki klubga nisabatan qo'llanilishi mumkin.

"MYu" stadiondagi chiqish eshiklari yopib qo'yilgani, muxlislar tomonidan maydong turli jismlar uloqtirilganga javob berishi mumkin.

"PSJ" esa - muxlislari tmonidan mash'alalar yoqilgani va maydonga yot jismlar uloqtirilgani, tartibsizlik va stadionga etkazilgan zararlar uchun javob beradi.

UEFA bu ishni 28 fevral kuni ko'rib chiqadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив