«O'ylaymanki, de Yong «Yuventus»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi»

«Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yongning agenti Ali Dursun shanba kuni «Ekselsior»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda jarohat olgan mijozining ahvoli haqida ma'lumot berib o'tdi.

«Ehtiyot yuzasidan u zaxiraga olindi. Frenki oyog'ida og'riq his qildi. Lekin ahvoli juda og'ir emas edi. Nazarimda, jarohatdan ko'ra o'qrquv kuchliroq bo'lgan. U jamoa bilan birgalikda Italiyaga yo'l oladi. O'ylaymanki, de Yong «Yuventus»ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi. Frenkining kayfiyati yaxshi», – dedi agent.

«Yuventus» – «Ayaks» uchrashuvi 16 aprel, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan tunda 00:00da boshlanadi. Amsterdamda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив