Gvardiola: «Sezib turibman, biz yarim finalga yo'l olamiz»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichida «Tottenxem»ga qarshi bo'ladigan javob bahsi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Londonda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda "shporlar" 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

«Ishonchim komil, biz keyingi Chempionlar ligasida ishtirok etamiz. Ushbu mavsumda esa yarim finalga yo'l olamiz. Buni sezib turibman. Bunday hissiyot birinchi o'yin paytida va keyinchalik uni qayta ko'rib chiqish vaqtida bo'ldi. Balki, men adashayotgandirman», – dedi Gvardiola.

Javob o'yini 17 aprel kuni Manchester shahrida bo'lib o'tadi. O'tgan mavsumda «Siti» Chempionlar ligasini chorak finalda tark etgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив