UEFA EChL finalida ishlaydigan hakamlar brigadasini e'lon qildi

UEFA “Liverpul” – “Tottenxem” o'rtasidagi Evropa chempionlar ligasi final bahsini boshqaradigan hakam nomini e'lon qilindi. 

Hal qiluvchi uchrashuvni Damir Skomina boshchiligidagi sloveniyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. 

Qanot hakamlari Yure Praportnik, Robert Vulkan, to'rtinchi referi Antonio Mateo Laos. VAR xonasida Danni Makkeli, Pol van Bokel, Feliks Zvaer, Mark Borsh ishlaydi. 

Eslatib o'tamiz, Damir Skomina Parijda bo'lib o'tgan PSJ hamda “Manchester Yunayted” o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida ishlagan edi. Bahs 3:1 hisobida "qizil iblislar" g'alabasi bilan yakunlangan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив