Messi va Ronaldu final haqida fikr bildirdi

Final uchrashuvi atrofidagi qizqarli intervyulrni tarjima qilishda davom etamiz. Bugun e'tiboringizga Ronaldu va Messi tomonidan final uchrashuvidan so'ng bildirilgan fikrlarni taqdim etamiz

Messi

«Liverpul» bu mavsumda porladi. Har bir uchrashuvda kubokni qo'lga kiritish uchun xaqli harakat qildi va maqsadga erishdi. Qaytaraman, ular bu mavsumda chempionlik uchun to'liq haqli edilar! Men «Enfild»dagi uchrashuvdan so'ng, «Liverpul»ning naqadar qudratli kuchga aylanganini his etdim. Futbolchilar nigohi bilan qaraydigan bo'lsak, ular huddi bir oiladek gap! Hozir bunday ahil klubni topish juda qiyin. Zamonaviy futbolda kelishib harakat qiladigan jamoalar juda kam topiladi. Ularning maydonda jang qilishini ko'rib havasing keladi. Futbolchilar Kloppning ko'rsatmalarini to'liq bajarishadi va maydonda bor kuchlarini sarflashadi. G'alabaning kaliti ham aslida shunda bo'lsa, ajab emas.

Ronaldu

«Liverpul» fantastik mavsumni o'tkazdi va ular g'oliblik uchun haqli edilar. Yurgen Klopp shogirdlari o'z muxlislari uchun tom ma'nodagi bayramni uyushtirib berishdi desak, adashmagan bo'lamiz. «Liverpul»ning yigitlari «Barselona»ga qarshi bahsda ko'rsatgan harakterlari uchun munosib taqdirlanishdi. «Liverpul» klubining eng yaxshi futbolchisi deb Yurgen Kloppni ko'rsatgan bo'lar edim. U yangi jamoa tuzdi va uni shu darajada shakillanishi uchun qo'lidan kelgan hamma ishni qildi. «Liverpul»ning hozirgi o'yin uslubi uning hizmatlari evaziga paydo bo'ldi. Yurgen uchun futbolchilarning nomi sira muhim emas. U bor masalliqdan ustlalik bilan foydalanadigan kam sonli murabbiylardan biri! Men Yurgen uchun hursandman va u bunday maqtovlarga loyiq inson!

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив