EChL-2018/19ning eng yaxshi goli aniqlandi (video)

UEFA "Barselona" hujumchisi Lionel Messi tomonidan "Liverpul" darvozasiga urilgan golni 2018/19 yilgi mavsumda Evropa chempionlar ligasining eng yaxshi gol deb topdi.

Aregntinalik futbolchi yarim final bosqichining dastlabki o'yinida mersisaydliklar darvozasiga 29 metr masofadan jarima zarbasi orqali ishg'ol qilgan edi.

Mazkur o'yindan keyin "ko'k-anorranglilar" go'yoki final yo'llanmasini hal qilishgan edi. Ammo oradan 6 kun o'tib "Enfild"da bo'lib o'tgan bahsda "Liverpul" "kambek"ni amalga oshirdi hamda finalga yo'l olishdi. Yakunda esa Yurgen Klopp jamoasi sovrinni qo'lga kiritdi.

Lionel Messi Evropa chempionlar ligasining yakunlangan mavsumida 12ta gol bilan to'purarga aylandi.

Mavsumning eng yaxshi goli uchun o'tkazilgan so'rovnomada, shuningdek, Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Aren Robben ("Bavariya") va Ivan Rakitich ("Barselona") tomonidan urilgan gollar ham muxlislar e'tiboriga havola qilingan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив