Ikardi va Neymar «PSJ»ning EChL uchun qaydnomasiga kiritildi

"Pari Sen-Jermen" Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Yozgi transfer paytida xarid qilingan futbolchilarning barchasi — darvozabonlar Keylor Navas va Serxio Riko, himoyachi Abdu Diallo, yarim himoyachilar Ander Errera va Idrissa Guye, shuningdek, hujumchi Mauro Ikardi ushbu ro'yxatdan o'rin olishdi. Bundan tashqari, qaydnomaga Neymar ham kiritildi.

Eslatib o'tamiz, "PSJ" Chempionlar ligasining "A" guruhida "Real", "Bryugge" va "Galatasaroy" klublari bilan bahs olib boradi. 18 sentyabr kuni Parijda "PSJ" – "Real" supero'yini kutib turibdi.

Darvozabonlar: Navas, Riko

Himoyachilar: Dagba, Mene, Silva, Kimpembe, Diallo, Kerer, Markinos, Bernat, Kurzava

Yarim himoyachilar: Draksler, Verratti, Paredes, Sarabiya, Errera, Geye

Hujumchilar: Neymar, Mbappe, Kavani, Ikardi, di Mariya, Shupo-Moting

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив