Evropa ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar e'lon qilindi

Evropa ligasining 4-tur yakunlari bo'yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogar o'yinchilar e'lon qilindi.

Kuchli to'rtlikka «Fenerbaxche» yarim himoyachisi Matyo Valbuena, «Zaltsburg» hujumchisi Takumi Minamino, «Ayntraxat» yarim himoyachisi Miyat Gachinovich va «Olimpiakos» yarim himoyachisi Kostas Fortunis kiritildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Valbuena «Anderlext»ga qarshi o'yinda (2:0) bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. «Apollon»ga qarshi bahsda (5:1) Gachinovich ham shunday samaradorlik ko'rsatdi.

Bizga yaxshi tanish bo'lgan Minamino «Rusenborg» bilan o'yinda (5:2) xet-trik qayd etgan bo'lsa, Fortunis Lyuksemburgning «Dyudelanj» jamoasi bilan uchrashuvda dublga erishdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив