Evropa ligasi. «Arsenal» safarda ham «Napoli»ni mag'lub etdi (videosharh)

Evropaning ikki kuchli jamoasi — "Arsenal" va "Napoli" o'rtasida Londonda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda Emeri shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Shunga qaramay, bu bahsda hali intriga "o'lmagan" edi. Birinchi bo'limda maydon egalari golga tortadigan 2ta yaxshi imkoniyat hosil qilib, ulardan foydalana olishmadi. Bahsning 36-daqiqasida esa Aleksandr Lyakazett jarima zarbasi ishladi va uni golga aylantirib, amalda to'qnashuv taqdirini hal qilib qo'ydi. Boisi, endi Anchelotti shogirdlari 4ta gol urishlari shart edi. Yakunda esa neapolliklar bitta ham gol ura olishmadi.

Shu tariqa, "Arsenal" yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Evropa ligasi. Chorak final. Javob o'yini
Napoli Italiya – Arsenal Angliya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 36 Lyakazett.
Napoli – Meret, Kirikesh, Gulyam (Mariu Ruy, 71), Maksimovich (Mertens, 46), Kulibali, Zelinski, Allan, Kalexon, Fabian Ruis, Insine (Yunes, 61), Milik.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra, Meytlend-Naylz, Jaka (El-Nenni, 61), Remzi (Mxitaryan, 34), Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 68).
Ogohlantirishlar: Insine (43), Chex (74), Kalexon (90).
Birinchi o'yin: 0:2.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив