Evropa ligasi. «Chelsi» penaltilar seriyasi orqali finalga yo'l oldi (videosharh)

Evropa ligasi musobaqasida finalga chiqqan jamoalar nomi aniq bo'ldi. "Chelsi" o'z maydonida Frankfurtning "Ayntraxt" klubini qabul qilib, qiyin o'yin o'tkazdi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida Loftus-Chik hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taym avvalida Yovich muvozanatni tikladi. Har ikkala o'yinda bir xil hisobdagi qayd etilgani uchun qo'shimcha bo'limlar belgilandi. Ammo ularda gol urish hech kimga nasib etmadi.

Penaltilar seriyasida esa omad Sarri jamoasiga kulib boqdi. Vaholanki "Ayntraxt" g'alabaga yaqin turgandi. Germaniyaliklar posboni Aspilikuetaning zarbasini qaytarib, jamoasiga imkoniyat taqdim etdi. Ammo Kepa Arrisabalaga raqib futbolchilarining so'nggi 2ta zarbasini to'sib, jamoasining finalga chiqishiga katta hissa qo'shdi.

Shu tariqa, Evropa ligasi finalida "Chelsi" va "Arsenal" klublari to'qnash kelishadi. Final 29 may kuni Boku shahrida bo'lib o'tadi.

Evropa ligasi. 1/2 final, javob o'yini
Chelsi Angliya – Ayntraxt F Germaniya 1:1 (1:0, 0:1, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 4:3
Gollar: 1:0 – 28 Loftus-Chik, 1:1 – 49 Yovich.
Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen (Dzappakosta, 74), Aspilikueta, Emerson, David Luiz, Kovachich, Jorjino, Azar, Loftus-Chik (Barkli, 86), Villian (Pedro, 62), Jiru (Iguain, 96).
Ayntraxt F – Trapp, Abraam, Falett, Xinteregger, da Koshta, Rode (de Guzman, 70), Kostich, Gachinovich (Gonsalu Pasiensiya, 118), Xasebe, Rebich (Aller, 90), Yovich.
Ogohlantirishlar: Falett (38), Rode (40), Kovachich (52), Aspilikueta (82), de Guzman (90), Abraam (90), Dzappakosta (120).
Dastlabki o'yin: 1:1

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив