«MYu» Evropa ligasini saralash boshlaydimi yoki guruh bosqichidan?

«Manchester Yunayted» klubi Angliya chempionatining ushbu mavsumida 6-o'rinni egallab, kelasi mavsumda Evropa ligasi musobaqasida ishtirok etadigan bo'ldi. Xo'sh, Sulsher shogirdlari musobaqani qaysi bosqichdan boshlaydi?

Barchasi «Manchester Siti» va «Uotford» o'rtasidagi Angliya kubogi final bahsi natijasiga bog'liq.

1) Mazkur o'yinda «Uotford» g'alaba qozonsa, jamoa Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi va APLdan musobaqada ishtirok etadigan ikkinchi raqamli jamoa sifatida turnirni guruh bosqichidan boshlaydi. Bunday holatda "MYu" Evropa ligasining 2-saralash bosqichidan o'zi ishtirokini boshlashga majbur bo'ladi. Bu bosqichning dastlabki o'yinlari 25 iyul kuniga belgilangan. Shu tariqa, mankunianliklar Evropa ligasi guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun 3ta bosqichdan o'tishlariga to'g'ri keladi.

2) Angliya kubogi finalida «Siti» g'alaba qozonsa, «Manchester Yunayted» klubi Evropa ligasini darhol guruh bosqichidan boshlaydi. U holda «Uotford» Evropa ligasi yo'llanmasidan mahrum bo'ladi. APLda 7-o'rinni egallagan «Vulverxempton» Evropa ligasi yo'llanmasiga ega bo'ladi va yuqoridagi yozilgan "MYu" yo'lini bosib o'tishi kerak bo'ladi.

Darvoqe, dastlabki rejaga ko'ra, «Yunayted» mavsumga tayyorgarlik doirasidagi dastlabki nazorat o'yinini 25 iyul kuni «Tottenxem»ga qarshi Shanxay shahrida o'tkazishi kerak. Bundan tashqari, "MYu" 3 avgust kuni Kardiff shahrida «Milan»ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishni belgilab olgan. APLning 2019/20 yilgi mavsumi esa 10 avgust kuni start oladi.

Angliya kubogi finali doirasidagi «Manchester Siti» – «Uotford» uchrashuvi 18 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив