Futzal. «So'g'diyona» Jizzaxda o'zbek futzali yulduzlariga qarshi bahs yuritdi

Kecha Jizzaxdagi “So'g'diyona” sport majmuasi zalida “So'g'diyona” futzal jamoasi o'zbek futzal yulduzlaridan tashkil topgan jamoaga qarshi ko'rgazmali uchrashuv o'tkazdi.

Yurtimizda futzalni yanada ommalashtirish, jizzaxlik muxlislar o'rtasida futzalga qiziqishni yanada orttirish maqsadida tashkil etilgan o'yinda o'zbek futzalining ko'plab mashxur o'yinchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda “So'g'diyona” futzal jamoasi a'zosi Dilshod Raxmatov yulduzlar jamoasi safida harakat qildi. Jami 11 ta gol kiritilgan o'yin 6:5 hisobida O'zbekiston yulduzlari jamoasi g'alabasi bilan yakunlandi.

“So'g'diyona” - Futzal yulduzlari jamoasi 5:6

Gollar: Shuxrat Suyarqulov, Sirojiddin Shokirov, Ilxom Xamroev ,Otamurod Jumanov, Botir Rizaev, Javlon Anorov, Davron Choriev (3 ta), Farhod Abdumavlonov (2 ta).

"So'g'diyona":
(birinchi beshlik ) Oybek Akmalov, Otamurod Jumanov, Shuxrat Suyarqulov ,Eldor Meliev, Sirojiddin Shokirov,
DoniyorToxirov, Ilxom Xamroev, Soxib Narzullaev, Firdavs Ravshanov, Shoxjahon Shoxnazarov, Dilmurod Jumanov, Botir Rizaev,Fayoz Juraboev.

O'zbekiston futzal yulduzlari jamoasi:
(birinchi beshlik) Rustam Umarov, Shuxrat Tojiboev, Javlon Anorov, Dilshod Raxmatov, Farxod Abdumavlonov.
Jamol Sharipov ,Konstantin Sviridov ,Davron Choriev, Maxsud Fayzullaev.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив