PFLda futzal klublari vakillari ishtirokida majlis bo'ladi

15 avgust kuni Superliganing futzal klublari bosh murabbiylari hamda rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tadi.

Rejaga ko'ra, futzal bo'yicha chempionatning 2-davrasi 19 avgust kuni start olishi kerak. Unga qadar xalqaro musobaqada ishtirok ishtirok etgan AGMK klubi vakillari ham ortga qaytib ulguradi. Shundan kelib chiqib, PFL ishtirokchi jamoalar rahbariyatini 15 avgust kuni bir joyga yig'ishni lozim deb topdi. Uchrashuv 15:00 ga belgilangan. 

Kun tartibida chempionatning 1-davrasida kuzatilgan kamchiliklar, 2-davra o'yinlari uchun tayyorgarlik masalasi bo'ladi. Shuningdek, futzal klublari ishtirokidagi o'yinlar translyatsiyasini sezilarli ravishda ko'paytirish rejasi muhokama qilinadi. PFL “Sport” telekanali bilan maslahatlashgan holda, futzal chempionatini kuz—bahor mavsumiga o'tkazishni rejalashtirgan. Bu masala endi klublar vakillari tomonidan muhokama qilinadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив