«Paxtakor»: Futbolchilarimiz xalqaro uchrashuvlarga jalb etildi

"Paxtakor"ning o'ndan ortiq futbolchisi FIFA kunlari va Osiyo o'yinlari sababli terma jamoalar tarkibiga chaqirilgan.

Eldor Suyunov, Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiev, Akmal Shorahmedov, Vladimir Kozak, Egor Krimets va Igor Sergeev Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida yig'inda qatnashmoqda. Termamiz 6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni Eron bilan maydonga tushadi. A'zamov kecha kichik jarohat sababli terma jamoa lagerini tark etdi.

Hojiakbar Alijonov, Jasur Yaxshiboev va Jaloliddin Masharipov olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o'yinlarida qatnashishmoqda. 27 avgust kuni ular Janubiy Koreyaga qarshi chorak finalda o'ynashadi.

Marko Simich esa Chernogoriyaning 2-11 sentyabr kunlari o'tadigan yig'iniga taklif olgan. U "Millatlar Ligasi" doirasida Ruminiya va Litvaga qarshi kechadigan bellashuvlar uchun Chernogoriya futbol federatsiyasi tomonidan chaqiruv oldi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив