28 avgust kuni PEPSI Superliga ikkinchi bosqichiga qur'a tashlanadi

Xabaringiz bor, PEPSI Superliga bahslarida dastlabki bosqich yakunlandi. Endi jamoalar 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi.

Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi. Jamoalar endi o'z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10 ta uchrashuv o'tkazishadi.

Superliga ikkinchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi esa 28 avgust kuni soat 20:00da “Milliy stadion”da bo'lib o'tadi. Professional Futbol Ligasi qur'a tashlash marosimini yuqori darajada o'tkazish uchun katta tayyorgarlik olib bormoqda. Qur'a jarayoni Sport telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi. Qur'a tashlash marosimida har bir klub bosh murabbiyi, sardori hamda jurnalistlar ishtirok etadi.

Qur'a tashlash marosimini bevosita voqea joyidan yoritishni istagan OAV vakillari o'z hodimlari ro'yxatini (lavozimi ko'rsatilgan holda) PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz) ga 27 avgust sanasiga qadar yuborishi lozim bo'ladi. Qur'a tashlanadigan zalga kirish ro'yxat asosida amalga oshiriladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив