1000.png
Toshkent +22°C
Sport yangiliklari » Osiyo Futboli » OFK kubogi. «Nasaf» — «Mohun Bagan» bahsini boshqaradigan hakamlar ma’lum
Barcha xabarlar

OFK kubogi. «Nasaf» — «Mohun Bagan» bahsini boshqaradigan hakamlar ma’lum

OFK Kubogining mintaqalararo yarimfinal bellashuviga yetib kelgan «Nasaf» jamoasi Hindistonning «Mohun Bagan» jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Ushbu o‘yinni boshqarib boruvchi hakamlar ma’lum qilindi. 

Xabar berilishicha, uchrashuvni Hanna Hattab boshchiligidagi suriyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ali Ahmad hamda Mazin Zazfun assistentlik qiladi. To‘rtinchi hakam vazifasini Masud Tufayeliye bajaradi. 

Ma’lumot uchun, ushbu o‘yin 22 sentyabrda Qarshidagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. OFK Kubogining chorak finali doirasidagi uchrashuv g‘olibi bitta o‘yin orqali aniqlanadi. G‘alaba qozongan jamoa interzonal final bahsiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png