1000.png
Toshkent +21°C
Sport yangiliklari » Osiyo Futboli » Ravshan Ermatov CAFA hakamlar qo‘mitasi raisi etib saylandi
Barcha xabarlar

Ravshan Ermatov CAFA hakamlar qo‘mitasi raisi etib saylandi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasining hakamlar qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Kuni kecha qo‘mitaning onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqaga a’zo mamlakatlar Eron, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirok etishdi. Konferensiyani Ravshan Ermatov hamda tashkilot bosh kotibi tojikistonlik Ulug‘bek Karimov olib bordi va CAFA tomonidan mintaqada hakamlikni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish va musobaqalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yaqin kelajakdagi yirik turnirlar bo‘lmish oktyabr oyidagi U-18 va noyabr oyidagi U-15 chempionatlari, shuningdek, yanvarda o‘tkaziuncha hakamlarning tayinlanishi va zamonaviy kriteriylarga mos ravishda faoliyat olib borishi aytildi.

Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan doimiy ravishda amaliy va nazariy kurslar tashkil etilishi, VAR tizimi ko‘nikmalarini egallash bo‘yicha mashg‘ulotlar, FIFA  va AFC dasturlari asosda o‘quv-yig‘inlarida ishtirok etishi, muntazam onlayn seminarlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png