1000.png
Toshkent +23°C
Sport yangiliklari » Osiyo Futboli » JCH-2022. Janubiy Koreya va Eron g‘alaba qozondi, Yaponiya Saudiyaga yutqazdi
Barcha xabarlar

JCH-2022. Janubiy Koreya va Eron g‘alaba qozondi, Yaponiya Saudiyaga yutqazdi

Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan uchinchi bosqich doirasida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Junubiy Koreya terma jamoasi o‘z uyida Suriyani qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi. Eron esa safarda BAA maydonidan g‘alaba bilan qaytdi. Natijada ushbu ikki mamlakat termalari "A" guruhida yaqqol peshqadamga aylanishdi.

"B" guruhida ham ikki yetakchi ajralib chiqdi. Saudiya Arabistoni o‘z uyida Yaponiyani qabul qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Kunchiqar" yurt vakillari saralash bosqichida ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilishdi.

Avstraliya esa Ummon ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Xitoy Vyetnamga qarshi uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

JCH-2022. Osiyo, 3-tur
"A" guruhi

Janubiy Koreya - Suriya - 2:1 (0:0)
Gollar: Xvan In Bom (47), Son Xyong Min (89) — Umar Harbin (83)

Iroq - Livan - 0:0

BAA - Eron - 0:1 (0:0)
Gol: Mahdi Taremiy (71)
Noaniq penalti: Sardor Azmun (90)

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Eron 3 3 0 0 5-0 9
2 Janubiy Koreya 3 2 1 0 3-1 7
3 BAA 3 0 2 1 1-2 2
4 Livan 3 0 2 1 0-1 2
5 Iroq 3 0 2 1 0-3 2
6 Suriya 3 0 1 2 2-4 1


"B" guruhi

Saudiya Arabistoni - Yaponiya - 1:0 (0:0)
Gol: Firas Alburaykan (71)

Xitoy - Vyetnam - 3:2 (0:0)
Gollar: Jang Yuning (53), Vu Ley (75, 90+5) — Xo Tan Tay (80), Nguyen Tiyen Lin (90)

Avstraliya - Ummon - 3:1 (1:1)
Gollar: Mabil (9), Boyle (49), Duke (89) — Al-Alaviy (28)

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Avstraliya 3 3 0 0 7-1 9
2 Saudiya Arabistoni 3 3 0 0 5-1 9
3 Yaponiya 3 1 0 2 1-2 3
4 Ummon 3 1 0 2 2-4 3
5 Xitoy 3 1 0 2 3-6 3
6 Vyetnam 3 0 0 3 3-7 0
Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png