1000.png
Toshkent +22°C
Sport yangiliklari » Sport yangiliklari » Prof bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov JCHga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi
Barcha xabarlar

Prof bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov JCHga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi

Joriy yilning 22 oktyabr – 7 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan musobaqaga hamyurtlarimiz ham astoydil tayyorgarlik ko‘rishmoqda. E’tiborlisi, terma jamoamizning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vise-chempioni, 2017 yil Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi Shahram G‘iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov ham kiritilgan.

Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov joy oldi.

Bokschilarimiz bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png