1000.png
Toshkent +22°C
Sport yangiliklari » Sport yangiliklari » Bokschilarimiz ertadan Kuba bilan mashg‘ulotlarni boshlashadi
Barcha xabarlar

Bokschilarimiz ertadan Kuba bilan mashg‘ulotlarni boshlashadi

Yaxshi bilasiz, 25 oktyabr - 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.

Ayni paytda yigitlarimiz murabbiylar shtabi boshchiligida Toshkent viloyatining Yangiobod bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borishmoqda. Terma jamoamiz murabbiylari har bir vazn toifasida mamlakatimizning uch nafar bokschisini sinovdan o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlarning so‘nggi bosqichidan kelib chiqqan holda murabbiylar JCHda ishtirok etadigan 13 nafar bokschimiz nomini Serbiyaga jo‘nab ketish oldidan ma’lum qilishadi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston boks federasiyasi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Yana bir ma’lumot: Bugun jahon boksida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Kuba terma jamoasi Toshkent vaqti bilan soat 02:40da yurtimizga yetib keladi. O‘zbekiston va Kuba terma jamoalari jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini birgalikda o‘tkazishadi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png