1000.png
Toshkent +6°C
Sport yangiliklari » Sport yangiliklari » Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidentligiga qayta saylandi
Barcha xabarlar

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidentligiga qayta saylandi

Xabar berganimizdek, ayni daqiqada Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federasiyasining Kongressi davom etmoqda.

Kongress kun tartibidagi asosiy masala tashkilotga yangi Olimpiada sikli uchun rahbar saylash edi. Unda amaldagi prezident Alisher Usmonov g‘alaba qozonib, tashkilotdagi boshqaruvini davom ettiradigan bo‘ldi.

Mazkur tadbirga rasmiy mehmon sifatida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Alisher Usmonovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Eslatib o‘tamiz, A.Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federasiyasini boshqarib kelmoqda.

Quvonarlisi, saylov yakunlariga ko‘ra hamyurtlarimiz ham tashkilotning bir qator bo‘limlari tarkibiy qismiga kirishdi. Jumladan, O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova targ‘ibot qo‘mitasi, Tokio-2020 Olimpiadasida referilik qilgan Aida Hasanova hakamlar qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.

Tadbir davomida 2023 yilgi jahon chempionatiga mezbon Toshkent shahrining taqdimoti namoyish etildi. Taqdimotni O‘zbekiston MOQ va O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda Gulnora Saidova o‘tkazishdi. Garchi u ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa ham, yakunda mezbonlik Milanga nasib etdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonovni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan muborakbod etib, uning kelgusi faoliyatida ham muvaffaqiyat tilab qoladi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png