1000.png
Toshkent +6°C
Sport yangiliklari » Sport yangiliklari » Dzyudo: hamyurtimiz Abu-Dabi “katta dubulg‘a” turnirida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Barcha xabarlar

Dzyudo: hamyurtimiz Abu-Dabi “katta dubulg‘a” turnirida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Shu kunlarda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham medallar uchun bahs olib borishyapti.

Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida uch nafar vakilimiz tatamiga chiqishdi. Afsuski, -81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Suhrob Tursunov ilk uchrashuvdayoq mag‘lubiyatga uchrab, o‘z ishtirokini erta yakunladi.

Xuddi shu vazn toifasidagi yana bir dzyudochimiz Arslonbek Tojiyev esa 5-o‘rinni egalladi. U ilk bosqichda Saudiya Arabistoni vakili Muhammad al-Harbiy ustidan ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi. Tojiyev polshalik Pavel Drzimalni ham mag‘lubiyatga uchratgach, bronza medali uchun kechgan bahsda rossiyalik Aslan Lappinagovga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa hamyurtimiz bronza medalidan quruq qoldi.

-73 kg vazn toifasida tajribali dzyudochimiz Hikmatilloh To‘rayev musobaqaning kumush medali bilan taqdirlandi. Hikmatilloh musobaqadagi ishtirokini ikkinchi davradan boshladi va saudiyalik Abdulloh Hamadni ippon bahosi bilan taslim qildi.

Hamyurtimiz chorak finalda tojikistonlik Somon Mahmadbekovni ham ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. To‘rayev final chiptasi uchun kechgan bellashuvda London-2012 Olimpiadasining oltin, Rio-2016da kumush hamda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan gruziyalik Lasha Shavdatuashvilidan ustun keldi. Bahs deyarli 10 daqiqa davom etdi.

Biroq, H.To‘rayev oltin medal uchun kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Sogtbaatar Send-Ochirga imkoniyatni boy berdi. Natijada hamyurtimiz Abu-Dabi “katta dubulg‘a” turnirining kumush medali hamda 700 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png