1000.png
Toshkent +6°C
Sport yangiliklari » Sport yangiliklari » Dzyudo. Davlat Bobonov Abu Dabi “Katta dubulg‘a” turnirini bronza medali bilan yakunladi
Barcha xabarlar

Dzyudo. Davlat Bobonov Abu Dabi “Katta dubulg‘a” turnirini bronza medali bilan yakunladi

BAAda poyoniga yetib borayotgan “Katta dubulg‘a” turniri dzyudochilarimiz uchun yakunlandi. Kechki dasturda Davlat Bobonov (-90 kg) bronza medali uchun tatamiga chiqdi.

Yarim finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Tokio-2020 sovrindori bronza medali uchun fransiyalik Fransis Damerga qarshi bahs olib bordi. Tajriba bobida ustun bo‘lgan hamyurtimiz bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Afsuski, bugun startga chiqqan boshqa vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz Abu Dabi “Katta dubulg‘a” turnirini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi. Eslatib o‘tamiz, kechagi dasturda Hikmatilloh To‘rayev -73 kg vaznda finalgacha yetib borgan edi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png