1000.png
Toshkent +23°C
Sport yangiliklari » Sport yangiliklari » Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov Prezident sovg‘a qilgan xonadonga tashrif buyurdi (fotojamlanma)
Barcha xabarlar

Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov Prezident sovg‘a qilgan xonadonga tashrif buyurdi (fotojamlanma)

Xabar berganimizdek, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg‘a qilingan mashina va xonadonlar kaliti topshirilgan edi. Kecha dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov oilasi bilan yurtboshimiz tomonidan sovg‘a qilingan «Trailblazer» avtomobilida ikkinchi mukofot – yangi xonadoniga tashrif buyurdi.



Aytish joiz, Bobonovlar oilasi ushbu sovg‘alardan juda ham xursand va kayfiyatlari a’lo. Ular taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga o‘zlarining tashakkurlarini aytishdi.



“Olimpiya o‘yinlarida sportchilar o‘z yurti, nomi, oilasi sharafini himoya qiladi. Mening vatanim uchun ko‘rsatgan kichik xizmatim mana shunday baholanganidan juda ham baxtiyorman. Kelgusi Olimpiya o‘yinlarida bu menga juda katta motivasiya beradi”, – dedi Olimpiada sovrindori Davlat Bobonov.



Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sohiblariga poytaxtimizda qad rostlayotgan «Greenpark» kompleksidan 2 xonali uy sovg‘a qilindi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png