1000.png
Toshkent +22°C
Sport yangiliklari » O’zbek Futboli » «Dinamo» muddatdan avval Superligada. Bu qanday ro‘y berdi?
Barcha xabarlar

«Dinamo» muddatdan avval Superligada. Bu qanday ro‘y berdi?

Pro liga 20-turida «Dinamo» jamoasi Samarqandda Toshkentning «Olimpik» jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etgach, 99 foizga Superligaga chiqish vazifasini bajargan edi.

Sababi Hakim Fuzaylov shogirdlari Pro liga yakuniga 4 tur qolganida ochkolari sonini 34taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchi – 3-o‘rindagi «Nurafshon» bilan oradagi farqni 10 ochkoga yetkazishgan edi.

21-tur doirasida esa «Nurafshon» bugun «Olimpik» mehmoni bo‘lib 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, matematik jihatdan ham Samarqand klubiga yetib ololmasligi oydinlashdi.

Natijada, «Dinamo» ertaga, 14 oktyabr kuni Farg‘onada turnir peshqadami «Neftchi»ga qarshi o‘yin oldidan Superliga yo‘llanmasini naqd qildi.

14 oktyabr, payshanba kuni Farg‘onadagi «Neftchi» - «Dinamo» o‘yinidan oldin Farg‘ona klubining Superligaga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bayramona nishonlanadi. Shunga qaramay, «Dinamo» jamoasi Superliga masalasini hal qilgan bo‘lsa-da, safarda Samarqand sha’ni uchun maydonga tushishini yoddan chiqargani yo‘q.

Oldinda «Dinamo» jamoasini «Nurafshon», «Olimpik» va «Neftchi»ga qarshi javob bahslari kutib turadi. Mavsum yakunida esa Superliga yo‘llanmasini barcha muxlislar bilan bayramona tarzda nishonlash rejalashtirilgan.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png