1000.png
Toshkent +22°C
Sport yangiliklari » O’zbek Futboli » Timur Kapadze: «Bugungi g‘alaba «Paxtakor» bilan kubok uchrashuvidan oldin qo‘shimcha ishonch beradi»
Barcha xabarlar

Timur Kapadze: «Bugungi g‘alaba «Paxtakor» bilan kubok uchrashuvidan oldin qo‘shimcha ishonch beradi»

Pro liganing 21-turidan o‘rin olgan «Olimpik» — «Nurafshon» (5:0) uchrashuvidan so‘ng olimpiyachilar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Turnir jadvalidan ham olib qaralganda ham muhim o‘yinligi ko‘rinib turgandi. Boz ustiga, anchadan beri g‘alaba qozona olmayotgandik. Safardagi uchrashuvlar qiyin bo‘ldi. Qayerdadir omad yoki tajriba yetishmadi. «Neftchi» va «Dinamo» kuchli jamoalar hisoblanadi. Tarkibida tajribali futbolchilar ko‘p. O‘ylaymanki, yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi. Raqibning zaif nuqtalarini bilib gol urishdi. Ular bu natijaga loyiq edi",— deydi Timur Kapadze.

— «Olimpik» bugun «Nurafshon»ni mag‘lubiyatga uchratib «Dinamo»ni Superligaga olib chiqdi. Ayni paytda jamoangiz uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Superligaga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?
— Menimcha, uchinchi o‘rin uchun kurash «Nurafshon» va bizning o‘rtamizda bo‘ladi. Oldinda o‘yinlar bor. Hozir biror narsa deyish qiyin. Yaxshi o‘yin ko‘rsatib kerakli natijaga erisha olsak, pley-offda o‘ynaymiz. Bunda Superliga jamoasi bilan to‘qnash kelamiz. Bu yigitlarga tajribasini oshirish uchun imkoniyat. Har tomonlama yaxshi. Pley-offda hamma narsa bitta uchrashuvda hal bo‘ladi. Har bir o‘yin biz uchun sinov. Shunday o‘yinlar orqali ishonchni orttirishadi.

— O‘zbekiston kubogida «Paxtakor» bilan o‘yindan oldin bugungi g‘alaba qay darajada ta’sir ko‘rsatadi?
— Bizga «Paxtakor» tushganidan bir tomondan xursandmiz. Raqibimiz O‘zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Harakat qilamiz. Uzoq vaqtdan beri yuta olmayotganimiz uchun bugungi g‘alaba ishonch berdi, deya olaman. Qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Kubok o‘yinida munosib to‘p tepishga harakat qilamiz. Hamma narsa maydonda hal bo‘ladi.

— Behzod Shamsiyevning holati bo‘yicha ma’lumot bersangiz. U qachon tayyor bo‘ladi?
— Umuman olganda yaxshi. Umumiy guruhda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Balki keyingi uchrashuvga tayyor bo‘lishi mumkin. Lekin tavakkal qilmayapmiz. Hali to‘liq tayyor emas. Buni biz ham kutmoqdamiz. Hozir ukol bilan chiqish paytimas. Shoshilish talab qilinmaydi. Uning o‘rnida boshqa futbolchilarga imkoniyat beramiz. Men uchun barcha birdek.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png