1000.png
Toshkent +23°C
Sport yangiliklari » O’zbek Futboli » Erkinjon Turdimov «Dinamo»ni Superliga yo‘llanmasi bilan tabrikladi
Barcha xabarlar

Erkinjon Turdimov «Dinamo»ni Superliga yo‘llanmasi bilan tabrikladi

Samarqandning «Dinamo» jamoasi Pro ligadagi ikki yillik ishtirokidan keyin joriy yilgi mavsum yakunlanishidan to‘rt tur avval Superliga-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Dinamo» klubi elitaga qaytgach, Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov feysbukdagi sahifasi orqali tabrik yo‘lladi.

«Aziz samarqandliklar! Sevimli futbol jamoamiz «Dinamo» 2022 yilda Superligada to‘p surish huquqini qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan butun viloyatimiz ahlini, barcha futbol ishqibozlarini tabriklayman!

«Dinamo» professional futbol klubi a’zolariga Superliga o‘yinlarida omad va zafarlar yor bo‘lsin!», - deya yoziladi viloyat hokimining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Samarqandning «Dinamo» klubi va Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi Pro ligadan Superligaga yo‘llanma olishdi.

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png