1000.png
Toshkent +6°C
Sport yangiliklari » O’zbek Futboli » Mavsum-2021: AGMK eng yaxshi natijasini takrorladi
Barcha xabarlar

Mavsum-2021: AGMK eng yaxshi natijasini takrorladi

AGMK jamoasi uchun 2021 yilgi futbol mavsumi yakunlandi. Superliganing hal qiluvchi bahsida kumush medal uchun kechgan uchrashuvda penalti o‘yin taqdirini hal etib, AGMK chempionatni o‘tgan yilgi kabi tarixdagi eng yaxshi natijasini takrorlab, mavsumni 3-o‘rinda tugatdi.

Jamoa yil davomida jami 36 o‘yin o‘tkazdi. Superligada - 26, OCHL - 7 va kubok o‘yinlarida 3ta bellashuvda maydonga chiqdi. O‘tkazilgan 36 o‘yinda 18 g‘alaba, 9 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati: 53-43.

AGMK jamoasi uchun joriy mavsum yangi tajriba bo‘ldi. Jamoa tarixda ilk bor OCHL guruh bosqichida o‘ynadi va Osiyoning yetakchi jamoalari bilan tengma-teng kurashdi. Kubokda ham yarim finalga qadar yetib keldi va chempionatda eng yaxshi natijasini takrorladi.

AGMK yoshlar jamoasi esa tarixda ilk bor Yoshlar Birinchiligida chempionlik unvonini qo‘lga kiritib, klub tarixida kichik yorqin sahifa ochib qo‘ydi!

Xato ko'rdingizmi? Uni belgilang va Ctrl + Enter tugmachalarini bosing!
Izoh qoldirish
Или водите через социальные сети
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
300.png
600.png
So'rovnoma
Оцените работу движка
300.png

Turnir jadvali

1000.png
Top haftalik
Multimedia
1000.png