Yangiliklar

Jasurbek Ermamatov: "Fantastika faqat kinolarda bo'ladi, bu - futbol!"

Mash'al - Istiqlol (1:2) uchrashuvidan so'ng o'yin qahramoniga aylangan 80-daqiqadan so'ng o'yinga qo'shilib jamoasining ilk goliga mualliflik qilgan va ikkinchi golda penaltini ishlagan Jasurbek Ermamatovning o'yin taassuroti haqida qiziqdik!

- Rosti xursandchiligimiz o'zimizga sig'mayapti! Ochig'i eslolmayman ohirgi marta qachon so'ngi daqiqalarda gol urilib, o'yin senariysi o'zgargan o'yinlarni. O'yinga ko'p izoh berishga hojat yo'q, muhimi 3 ochko.

Fantastika?! U faqat kinolarda bo'ladi, bu - futbol. Bunda bir lahza ham o'yin taqdirini hal qilishi mumkin.

Ha men himoyachiman, ammo murabbiyimiz o'yin durang yoki mag'lubiyatga qarab ketayotganligida meni xujumga tushuradi. Bu birinchi marta emas va ishonchini yana bir bor oqladim.

O'tgan yili ham shunga o'xshash g'alabaga erishganmiz. O'shanda ham so'ngi daqiqalarda gol urganman va «Mash'al»ni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytganmiz!

Oldinda bizni jiddiy raqib kutmoqda. Bu biz uchun bir sinov. Buni engishga harakat qilamiz

Eslatib o'tamiz, 26-iyun kuni «Istiqlol» o'z maydonida «Nasaf» jamoasi bilan bahs olib boradi.

O'zbekiston kubogi doirasidagi 1/16 final o'yini «Istiqlol» stadionida 18:00 da start oladi. Uchrashuv «Sport-tv» orqali namoyish etiladi.


«Istiqlol» matbuot markazi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida