Yangiliklar

«Lokomotiv» Babayan qo'l ostidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi (foto+video)

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” Superliganing 12-turida “Dinamo”ga imkoniyatni boy bergach, klub murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. 

Shu paytgacha “temiryo'lchilar”ga ustozlik qilib kelgan Andrey Fyodorov iste'foga chiqib, uning o'rniga Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlandi. Kecha “Lokomotiv” futbolchilari Samvel Vyacheslavovich qo'l ostida dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi. 

“Lokomotiv”ning  bugungi mashg'uloti “Lokomotiv” stadionida olib borildi. Samvel Babayanga mashg'ulot jarayonida murabbiylar shtabiga yangi qo'shilganlardan Grigoriy Kolosovskiy (yordamchi murabbiy), Anton Meyranov (darvozabonlar murabbiyi) va Faxriddin Isamuhamedov (jamoa ma'muri) yordam berishdi. 

Mashg'ulot qizg'in ruhda kechdi. Futbolchilar mashg'ulotda astoydil o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” navbatdagi uchrashuvni Superliga 13-tur doirasida o'z maydonida “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazadi. “Lokomotiv” stadionida 29-iyun kuni kechadigan bahs 18:00da start oladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida