Yangiliklar

«Zirabuloq» klubiga texnik mag'lubiyat yozildi

Bilasiz, 23 iyun kuni B Pro-liga ishtirokchi jamoalari 11-tur doirasidan o'rin olgan bahslarni o'tkazishdi.

Tur doirasidan o'rin olgan “Zirabuloq” — “G'ijduvon” bahsi ham aslida 23 iyun kuni o'tkazilishi lozim edi. Biroq Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Yoshlik” o'yingohida shu kuni viloyat miqiyosidagi muhim bayram tadbiri bo'lib o'tishi munosabati bilan “Zirabuloq” klubi mazkur o'yinni bir kun keyin o'tkazishni so'radi. “G'ijduvon” klubi ham bunga rozilik bergani bois o'yin 24 iyun sanasiga ko'chirildi.

Biroq mazkur uchrashuv bugun ham o'tkazilmadi. “Zirabuloq” jamoasiga esa uchrashuvni o'z maydonida o'tkazishga umuman tayyor emas ekani sabab texnik mag'lubiyat yozildi.

O'zbekiston professional futbol klublari uchun 2019 yilgi mavsum musobaqalari Reglamenti 4.4 bandiga asosan, futbol klublari uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun mas'uldir. Ular ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutashgan hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur choralarni ko'rishlari shart sanaladi. Ammo “Zirabuloq” klubi bu bandga asosan ish olib bormadi. Qolaversa, uchrashuvga tez tibbiy yordam vakillarining o'z vaqtida etib kelishi ta'minlanmadi.

Shuningdek, 6.39 bandga asosan maydon egalari uchrashuv rasmiylariga o'yin videoyozuvini taqdim etish imkoniyati yo'q ekani ma'lum bo'ldi.

Bundan tashqari, 12.7 bandga ko'ra, stadionning va tegishli xizmatlarning uchrashuvni o'tkazishga tayyor ekani bo'yicha akt taqdim etilmadi. Yuqorida sanab o'tilgan sabablarga asosan “Zirabuloq” — “G'ijduvon” uchrashuvida mezbon klubga texnik mag'lubiyat yozildi. 

 

“Zirabuloq” — “G'ijduvon” -:+

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida