Yangiliklar

O'FA rahbariyati murabbiylarning kamchiliklar bo'yicha fikrlarini tingladi

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan yig'ilishda klublar bosh murabbiylari, akademiyalar rahbarlari, Professional futbol ligasi vakillari mavjud kamchiliklar yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Xabaringiz bor, kuni kecha vazirlik hamda O'FA rahbariyati Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurib, u erdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan edi. Bu jarayonda bir qator kamchiliklar va muammolar aniqlangani bor gap. Shu maqsadda bugungi yig'ilishda hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari direktorlari ham ishtirok etishdi va ishni to'g'ri yo'lga qo'yish, qolaversa, tarbiyalanuvchilarning akademiyani tamomlagach klublar safiga borib qo'shilishida uzilishlar bo'lmasligini ta'minlash uchun bevosita klublar bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha o'z takliflarini taqdim etishdi.

Qolaversa, kamchiliklarni bartaraf etishda jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev hukumat tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishini bildirdi.

Shuningdek, Superliga klublari vakillari o'zlarini qiynayotgan aksariyat masalalar bo'yicha murojaat etishdi. Qolaversa, sport boshqaruvi hamda klublar yoki akademiyalarda faoliyat olib boradigan menejer mutaxassislar tayyorlash uchun xalqaro futbol tashkilotlaridan amaliy ko'mak so'rash bo'yicha takliflar ham bildirildi.

Bundan tashqari joriy yilgi Musobaqalar Reglamentining ayrim bandlaridan xulosa qilgan holda kelasi mavsum uchun ba'zi o'zgartirish yoki to'ldirishlar kiritish bo'yicha taklif va mulohzalar ham taqdim etildi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi futbol jamoatchiligi, xususan, klublar tomonidan milliy futbolimiz hamda ichki chempionatimiz saviyasini ko'tarishga xizmat qiladigan har qanday takliflarni o'rganib chiqish va amalga tatbiq etish uchun ochiq, bundan buyon har qanday murojaat albatta atroflicha o'rganib chiqilishi ta'minlanadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida