Yangiliklar

«Navbahor» bilan necha yillik shartnoma imzoladi, qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchi?» – Deyan Jurchevich ishtirokidagi ilk matbuot anjumani

25 iyun kuni sevimli "Navbahor"ga serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevich bosh murabbiy etib tayinlandi. Mazkur mutaxassisni tanishtirish marosimi yakunlanganidan so'ng, Deyan Jurjevich ishtirokida  OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o'tkazildi.

Siz “Navbahor” to'g'risida ma'lumotga egamidingiz va jamoa tarkibida qanday o'zgarishlarni amalga oshirmoqchisiz?  

So'zim avvalida shuni ta'kidlamoqchimanki, jurnalistlar futbol hamda klub rivoji yo'lidagi muhim shaxslar sanalishadi. Boringlarga shukr.

“Navbahor”ning ayni paytdagi emas, oldingi futbolchilari borasida ma'lumotga egaman.

To'g'risini aytsam, ushbu taklif kutilmaganda yuz berdi. Shu bois, jamoa bilan to'liqroq tanishishga imkoniyat bo'lmadi. Vaqt futbolda muhim omil hisoblanadi. Hozir oldimizda turgan eng muhim vazifa 13-tur doirasidagi “Qizilqum”ga qarshi kechadigan bahsga puxta tayyorgarlik ko'rish hamda o'sha o'yinda g'alaba qozonish. Shundan so'ng, davralar oralig'idagi tanaffus yuzaga keladi va shundagina yigitlar bilan to'liqroq tanishish, lozim bo'lsa, jamoa o'yinini yanada kuchaytirish borasida bosh qotiramiz.

Davralar oralig'ida jamoaning zaif chiziqlarini yanada kuchaytirish, shuningdek, vataningiz Serbiyadan futbolchi taklif etish rejangizdan o'rin olganmi?

Futbolchilar bilan yaqindan hamda yaxshiroq tanishib, ularning jismoniy holatlari qandayligini tahlil qilganimdan so'nggina, klub rahbariyati va sport direktoriga ular haqidagi o'z fikrimni bildiraman.

“Navbahor”ning qaysi chiziqlarini kuchaytirish borasidagi savolga javob berish qiyin. Birinchi davra bahslari yakunlanganidan so'ng, bu haqda bosh qotiramiz.

Jamoaning o'yini borasida to'xtaadigan bo'lsam, tajovuzkor futbol namoyish etishi, ko'plab sadoqatli muxlislarga ega ekanligini yaxshi bilaman. “Navbahor”ning o'yini asosan aniq to'p uzatishlar asosiga qurilgan.

Legionerlar borasida to'xtaladigan bo'lsam, “Navbahor”da 4 nafar xorijlik futbolchi bor hamda jamoaning Osiyodan tashqari bo'lgan mamlakatlardan o'yinchi olish borasidagi  limiti  to'lib bo'lgan. Shuning uchun, hozircha Serbiyadan futbolchi olib kelishning iloji yo'q.

Matbuot anjumani 1

“Navbahor”ning o'yinini kuchaytirish borasida g'oyalaringiz bormi?

Jamoaning qanday o'yin namoyish etishini bilish uchun futbolchilarning jismoniy holati, o'yin saviyasi qandayligiga ko'proq e'tibor qaratish lozim. Ammo u juda qiyin masala. “Navbahor” jamoaviy o'yin tashkil etish orqali, to'p uzatishlarga asoslangan tajovuzkor futbol namoyish etadi. Shu sababli bo'lsa kerak, ko'plab futbolchilar namanganliklar safida o'ynashni istashadi. Kecha “Navbahor” ishtirokidagi o'yinlar videoroligini ko'rib, tahlil qildim. Albatta, jamoaning o'yinini kuchaytirish borasida o'z g'oyalarim bor.

O'zingizga ma'lum, futbolda asosiysi natija. Bundan tashqari, millionlar o'yinida vaqt ham muhim rol o'ynaydi. Hozir esa jamoa o'yiniga o'zgartirish kiritishga vaqtimiz juda kam. Birinchi davra yakunlanganidan tarkibni ko'rib chiqib, bu borada bir xulosaga kelamiz.

Matbuot anjumani 2

“Navbahor” bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?     

Men uchun shartnomaning qancha muddatga tuzilganligi unchalik ahamiyatga ega emas. Uni 6 oy yoki 10 yil muddatga imzolashim mumkin. “Navbahor”da jiddiy insonlar ishlashadi va asosiysi, o'zaro hamkorlik hamda ishonch asosida ishlashda. Shartnoma shunchaki rasmiy qog'oz. Ta'kidlayman, muhimi, o'zaro ishonchga asoslangan hamkorlik. Mabodo sizni shartnoma muddati qiziqtiradigan bo'lsa, jamoa bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladim.

Niyatim, “Navbahor” bilan yuksak natijalarni qayd etish.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida