Yangiliklar

Neymar ketishi borasidagi savollarga oydinlik kiritdi

Frantsiya OAV tomonidan tinimsiz yo'lanayotgan savollardan charchagan Neymar « LE quipe» nashriga kichik intervyu berishga qaror qildi. Ushbu intervyuni bugun e'tiboringizga taqdim qilishga qaror qildik.

«PSJ»da o'tgan 2 yilimni karieramdagi eng yorqini deya olmayman. Sababi, 2 bor EChLning 1/8 bosqichida yurishimizni to'xtatdik. Har ikki holatda ham biz raqiblarimizdan  kuchliroq edik. Afsuski, natija biz kutmagan tomonga burilib ketdi. Mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlarida maydonga tusha olmaslik menga juda o'g'ir botdi. Boz ustiga, so'nggi paytlarda jarohatlarim ham ko'p bezovta qilmoqda. Bir qarashda og'ir tuyulsada, bu har qanday futbolchi uchun normal holat. Men hujumda o'ynayman va doim menga nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatishga urunishadi.

Hozirda o'rtoqlik uchrashuvida olgan jarohatimni davolash bilan bandman. Jarohatdan to'liq forig' bo'lgachgina yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuboraman. O'ylashimcha, yangi mavsum o'tgan ikki mavsumga nisbatan quvonchliroq o'tadi.

Tan olaman, «Barsa»ni, do'stlarimni sog'inyapman. Buni berkitishni istamayman. Vaqt topishim bilan ular bilan uchrashishga urunaman. Yigitlar ham meni iliq qabul qilishadi. Ayniqsa, Messi va Suarez bilan do'stligimiz hozirgi kunga qadar yaxshi. Biz jonli bo'lmasda, har kuni gaplashib turamiz.

Men «Barselona»ga qaytmoqchiman. Bu haqida bundan avval ham aytgan edim. To'g'risi, «Barselona»ni sog'indim va «PSJ»ga o'tib katta xatoga yo'l qo'ydim. Shunday bo'lsada, Parijdagi faoliyatim mobaynida ko'plab narsalarni o'rgandim va bu erda o'tgan umrimga sira achinmayman, lekin «Barselona» klubida bu vaqtim anchagina yoqimliroq o'tgan bo'lar edi. Meni bu erda tinimsiz ayblashadi. Motivatsiyaning qolmaganligida, o'yinlarda sustkashlikka yo'l qo'yishda, bee'tiborlikda…

Bunday ayblovlarning asosiy sababi deya jarohatlarni ko'rsatgan bo'lar edim. Aks holda, futbolga bo'lgan chanqoqligimni namoyish etgan bo'lar edim. Shaxsiy fikrimcha, Parij klubida chempionlik uchun xohish pasayib ketgan.
Men «Barselona»da to'p surgan chog'larimda jamoadoshlarim «Barselona» klubdan kattaroq narsa deb o'rgatishgan edi. Bu so'zlarning ma'nosiga undan ketibgina tushundim. «PSJ»dagi jamoadoshlarim iqtidorli va harakatchan yigitlar, biroq bu futbolchilar «Barselona»dagi atmosferani yaratishga qodir emas.

«PSJ» bu yangi loyiha holos. Bu loyihada hamma o'zini yorqinroq ko'rsatishga urunadi va ko'rpani o'ziga tortaveradi. Shu yo'sinda super yulduz maqomiga chiqishni istashadi. Bu esa o'z navbatida Ispaniya va Angliya klublari tomonidan qiziqishning ortishiga sabab bo'ladi. Bu ketishda «PSJ» futbolchilarning katta klublarga o'tishi uchun eng so'nggi bekatga aylanib qoladi deb qo'rqaman. Bu jamoa hech qachon chempoinlik uchun kurash olib bora olmaydi. Sababini yuqoridagi so'zlarimdan tushunib oldingiz, degan umiddaman.
Men shu so'zlarni Nosir Al-Halayfiga ham aytdim. U so'zlarimni noto'g'ri tushundi va uzoq yillik iliq munosabatlarga putur etdi.
Men «PSJ»da qolamanmi? Bu savolning javobi aniq, yo'q! Agarda boshqa klubga o'tadigan bo'lsam, bu «Barselona» bo'lishini juda istayman. Shunday bo'lsada, buyog'ini vaqt ko'rsatadi. Hozircha bor e'tiborimni o'z sport formamni tiklab olishga qarataman.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida