Yangiliklar

«Everton» «Barselona» yarim himoyachisini sotib oldi

"Everton" klubi huquqiy jihatdan "Barselona"ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Andre Gomeshni sotib oldi. Jamoa rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolangan. Angliyaliklar Gomesh uchun "Barsa"ga 25 million evro to'lashdi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 2016 yilning yozida Gomeshni "Valensiya"dan 37 million evroga sotib olgan edi. U kataloniyaliklar safida jami 78ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.

Futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Everton"da o'tkazdi. U 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida