Yangiliklar

Isroil Madrimov da'vogar kamar bo'sh qoldi

Professional boksning super yarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari vakant sifatida qoldirildi. Bu haqda GoSport.uz muxbiri xabar bermoqda.

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) mazkur kamar sohibi Brayan Kastano (15-0-1, 11 KO) oldiga majburiy da'vogar Mishel Soroga (33-2-1, 22 KO) qarshi jang tashkil qilishi bo'yicha buyurtma bergandi. Ammo bu muddat davomida Kastano jang o'tkazish bo'yicha kelisha olmadi va WBA argentinalik bokschi belgilangan talabni bajarmagani uchun kamar undan olib qo'yildi.

Ayni vaqtda Mishel Soro va rossiyalik Magomed Qurbonov (17-0, 11 KO) o'rtasida mazkur kamar uchun jang o'tkazish bo'yicha muzokara olib borishmoqda. Hozircha jang 20 iyul kuni Frantsiyada o'tkazishi rejalashtirilgan. Bu borada rasmiy xabar berilmagan.

Eslatib o'tamiz, mazkur yo'nalish reytingida o'zbekistonlik Isroil Madrimov (3-0, 3 KO) 6-o'rinda bormoqda. Qurbonov esa bu reytingda 7-o'rinda qayd qilingan, shunga qaramay u chempionlik kamari uchun jang qilishi kutilmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida