Yangiliklar

Gleb: «Ronaldino va Deku «Barselona» mashg'ulotlariga mast holda kelishardi»

"Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb "ko'k-anorranglilar" safidagi faoliyatida ro'y bergan voqealarni so'zlab berdi.

"Ispaniyaga kelganimda, ma'lum vaqt Anrining uyida yashagandim. U menga o'zimga mos uy topgunimcha uning xonadonida qolishim mumkinligini aytgandi. Ochig'ini aytsam, dastlab "Barselona"ga o'tishni istamagandim. Umuman! Qalban buni istamagandim. Yo "Bavariya"ga o'tishni, yoki "Arsenal"da qolishni xohlagandim. Keyin esa agentlar va Gvardiola qo'ng'iroq qilishgandi. Darvoqe, mening "Barsa"ga o'tganimga Anri hayron bo'lgandi.

Angliyada barchasi boshqacha edi. Ronaldino va Deku mashg'ulotlarga mast holda kelishardi. Shu bois, ularni 2008 yilda sotib yuborishdi. Ular Messini yomon yo'lga boshlashi mumkinligidan xavotir olishgandi", - dedi Gleb.

Aleksandr Gleb 2008-2011 yillarda "Barselona" safida faoliyat yuritgan. Bu davr mobaynida u uch marta — "Shtutgart", "Birmingem" va "Volfsburg"ga ijaraga berilgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida