Yangiliklar

Mourino «Nyukasl»ni boshqaradimi? Murabbiy javob berdi

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino matbuotda tarqalgan «Nyukasl»ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi. Avvalroq "qarg'alar" Rafael Benites bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagani haqida xabar tarqalgandi. Shu bois, ispaniyalik murabbiy mazkur oy so'ngida jamoani rasman tark etadi.

«Menda aniq fikr bor: men faqat g'alaba uchun o'ynashim kerak. Boshqachasini istamayman. Agar g'alaba qozonmasam, bu men uchun, shuningdek, futbolchilar va butun jamoa uchun muammo bo'ladi. Shuning uchun menga faqat g'alaba uchun o'ynaydigan loyiha kerak.

Agar kimdir menga 10 yillik shartnoma taklif qilib, oldimga taxminan 7-8-o'rinlarni egallash vazifasini qo'ysa, men buni qabul qilmayman. Mening tabiatim o'zgacha. Maqsadim — g'alaba qozonish uchun kurashish», — dedi Mourino.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida