Yangiliklar

«Qo'qon-1912»: Chirchiq yig'ini boshlandi. Tarkibda o'zgarishlar bor

“Qo'qon-1912” jamoasi a'zolari kecha Toshkent shahrida tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bugundan esa Chirchiq shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlari boshlandi.

Coca Cola cuperligasining 2-davra o'yinlariga tayrgarlikni jamoa Toshkent viloyatida olib boradi.Chirchiq shahrida futbolchilarimiz kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishadi. Bugun dastlabki mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.Mashg'ulotlarda vaqtliroq ta'tilga chiqqan Murod Holmuhammedov, Shahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov va qolgan barcha futbolchilarimiz ishtirok etishdi.

Tarkibimizda ayrim o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Jamoani tajribali futbolchi Jasur Hasanov hamda Behruz Sa'dilloevlar tark etishdi. Bu futbolchilarning qaysi jamoaga borib qo'shilishlari yaqin kunlarda ma'lum bo'ladi. “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarga jamoamizdagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Ularning kelgusi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
O'z o'rnida “shunqorlar” yig'inida yangi nomlar ham mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Qo'qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Otabek Haydarov (Qirg'izistonning “Neftchi” jamoasidan) , “Paxtakor” jamoasidan yosh iqtidorli yarim himoyachi Sobit Sindarov, “Neftchi” jamoasidan yana bir iqtidorli yosh hujumchi Hamidillo Abduhamidov hamda tajribali himoyachi Alisher Samatovlar jamoamizning bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etishdi. Serbiyalik himoyachimiz Marko Milich yozgi tanaffusdan foydalanib o'z yurtiga uchib ketgan edi. Milich yaqin kunlarda jamoa ixtiyoriga etib keladi.

Chirchiq yig'ini ikki qismdan iborat bo'ladi. Dastlabki yig'in 18-iyul kuniga qadar davom etishi ko'zda tutilgan bo'lib, yig'in so'ngida superliga klublaridan biri bilan nazorat uchrashuvi o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz “Qo'qon-1912” jamoasi 2-davraning dastlabki uchrashuvini 26-iyul kuni Toshkent shahrida “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida