Yangiliklar

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogida guruh bosqichi yakunlandi

Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tmoqda.

Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakillarimiz guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni o'tkazib ulgurishdi. O'zbekiston terma jamoasi ilk o'yinini Sloveniyaga qarshi o'tkazib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Ikkinchi uchrashuvda esa Belarus terma jamoasi 4:0 hisobida taslim etildi.So'ngra Vetnam 3:1 hisobida dog'da qoldirildi.

Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi 2:0 hisobida mag'lub etildi. Latviya darvozasi esa javobsiz 5 marta ishg'ol etildi. Faqatgina Rossiya bilan bo'lgan o'yinda vakillarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

Yakunda terma jamoamiz guruhda 2-pog'onani band etib, chorak finalga yo'l oldi. Chorak finalda hamyurtlarimizga Belgiya terma jamoasi raqiblik qiladi. O'yin ertaga bo'lib o'tadi. 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida