Yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Ushbu rukn ostidagi eng so'nggi ma'lumotlarni taqdim etishda davom etamiz.

Zidan Mbappe bilan aloqani uzgani yo'q

«Real Madrid» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Mbappeni qo'lga kiritish rejasidan voz kechganicha yo'q. U 20 yoshlik futbolchini o'z klubiga olib kelish uchun Mbappe bilan tez-tez aloqada bo'lishni kanda qilmayapti. Mbappening agenti bu borada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashar ekan, quyidagi so'zlarni keltirib o'tdi: “ Killian Zidanning birinchi raqamli transfer rejasi bo'lib turibdi. Aslida Zidan Azarni emas, Mbappening trasnferini istagan edi. Afsuski, «PSJ» o'z futbolchisini qo'yib yubormoqchi emas. Endi Mbappening transferi keyingi mavsumga qoldi. Men uning agenti sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, u keyingi mavsumda «Real Madrid»ning birinchi transfer nishoniga aylanadi.

Lukaku klubda qoladiganga o'xshamoqda

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Lukaku o'z klubida qoladigan ko'rinadi. Britaniya nashrlari tarqatgan xabarga ko'ra, «qizil iblislar» futbolchi sotib yuborishni istashmayapti. Lukakuning «Manchester Yunayted» klubi bilan yana 3 yillik shartnomasi bor futbolchining o'zi ham APLdan boshqa birinchilikda to'p surishni istamayapti. Futbolchiga «Inter» tomonidan bildirilayotgan qiziqish esa  Ikardining transferini tezlashtirishdan boshqa narsa emasga o'xshab ko'rimoqda. Sababi, «Inter» Lukaku uchun 80 million atrofida pul sarflashi uchun bir nechta futbolchilarini sotishi kerak bo'ladi. Bundan tashqari Konte o'tgan mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgan Laturo Martinezga imkon bermoqchi ekanligni yashirib o'tirmayapti.

APL chempioni boshqa klubga o'tadi

«Manchester Siti» futbolchisi Fabian Delf shu kunlarda Angiliyaning boshqa bir klubiga o'tish arafasida turibdi. Uning keyingi manzili katta ehtimol bilan «Everton» bo'ladi. Britaniya nashrlari tarqatgan xabarga ko'ra «Everton» APL chempioni uchun «Man Siti»ga 10 million evro atrofida mablag' to'lashi zarur.
Hozirda «Everton» klubi mutasaddilari 29 yoshlik futbolchining transfer qiymatini pasaytirish ustida ish olib borishmoqda. Futbolchining klub bilan tuzan shartnomasi 2020 – yilda o'z yakuniga etadi. Agarda «shaxarliklar» o'z futbolchisini tezroq sotib yuborishmasa, u erkin agent sifatida  boshqa klubga o'tishga haqli bo'ladi.

Fekir uchun yangi taklif bor

Frantsiyaning «Lion» klubi sardori Nabil Fekir o'z faoliyatini Ispaniyaning «Betis» klubida davom ettirishi mumkin. O'tgan mavsumda «Liverpul» va «Barselona» singari klublarning e'tibor markazida turgan futbolchi uchun bu taklif ko'rimsizdek tuyulgani bilan, «Betis» futbolchining klubi uchun 60 million evro ajratishga tayyor ekanligini bildirdi. Gap shundaki, «Betis»ni shu kunlarda Lo Chelso tark etishi kutilmoqda va jamoa uning o'rnini Fekir yordamida to'ldiqmochi.
Futbolchining o'zi u qadar taklifdan ko'ngli to'lmagan bo'lsada, uning klubi «Betis» bilan muzokaralarni boshlash arafasida turibdi.

«Yuventus» aql bilan ish tutmoqda

Turin super klubi «Djenoa» a'zosi Kristian Romeroni harid qildi va uni 2020-yilga qadar sobiq klubida ijarada to'p surishiga rozilik bildirdi. Himoyachining umumiy transfer summasi 26 millionni tashkil etmoqda va u «Yuventus» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Kristian Romero o'tgan mavsumda 27 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lib, uning hisobida 2 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida