Yangiliklar

O'zbekiston futboliga kim rahbar bo'lishi ma'lum bo'ldi

Ma'lumki, bugun, 15 iyul kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferentsiyasi bo'lib o'tadi. Konferentsiyada O'FAga yangi prezident saylandi.

Toshkent shahridagi “Radisson BLU” mehmonxonasida soat 15:00da boshlangan konferentsiyada ma'lum bo'lishicha,  O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Abdumavlonovich Azizov nomzodi ko'rsatiladi. Abdusalom Azizov O'FAda amaldagi prezident Ochilboy Ramatov o'rnini egallaydi.

Ma'lumot o'rnida, Abdusalom Azizov DXX boshiga kelguniga qadar lavozimidan ozod etilgan Ixtiyor Abdullaev o'rnini egallagan edi. Abdusalom Azizov  1960 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. 2005-2006 yillar- Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'i, 2006-2006 yillar - „O'zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yillar - „O'zneftmahsulot“ aktsiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yillar - O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yillar— Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, 2017-2017 yillar— O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, 2017 yil 4 sentyabrdan — O'zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval FIFA referisi Ravshan Ermatov o'z hoxishiga ko'ra ishdan bo'shash to'g'risida ariza yozgan O'FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov o'rniga tayinlangan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida