Yangiliklar

Bugun Budapeshtda qilichbozlik bo'yicha JCh start oladi

O'zbek sporti muxlislarining nigohi yana Budapesht shahriga qaratiladi. O'tgan hafta ushbu shahar dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasini qabul qilgan bo'lsa, bugundan e'tiboran qilichbozlik bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 23 iyulgacha davom etadigan mazkur musobaqada sayyoramizning eng kuchli qilichbozlari jahon chempionligi va Tokio Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishadi.

Reglamentga ko'ra, bugun musobaqa doirasida ayollar o'rtasida shpaga, erkaklar o'rtasida sablya yo'nalishi bo'yicha bahslar o'tkaziladi. Shpagachilarimizdan Malika Hakimova, sablyachilarimizdan Sherzod Mamutov, Pazilbek Genjebaev hamda Boburjon Rasulov bugun bo'lib o'tadigan saralash bellashuvlarida ishtirok etishadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida