Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. «Bunyodkor» Belorus klubini mag'lub etdi (videosharh)

Avvalgi o'yindan farqli ravishda Vadim Abramov uchrashuv kuni futbolchilarni «trenajer zali»da shug'ullantirgani yo'q. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, yigitlar Belorus chempionati oliy ligasida 7-o'rinni egallab turgan, so'nggi uch o'yinda 7 ochko jamg'argan «Gorodeya»dan to'pni nazorat qilish borasida katta ustunlikka ega bo'lgandir?!

«Gorodeya» shu kuni o'z muxlislari ko'z o'ngida mag'lubiyatga uchramaslik uchun bor imkoniyatini ishga soldi. Ammo o'yinni tashkil qilish va to'pni nazoratida sezilarli darajada ustunlikka ega futbolchilarimiz mezbonlar darvozasini har bir bo'limda bir martadan ishg'ol qilib, amalda o'yin taqdirini hal qilishdi. Qolaversa, hakam hisob qisqarganidan keyin Farrux Ikromovga nisbatan ishlatilgan penaltiga tortadigan qo'pollikka ko'z yumdi. Bu xato uchrashuv yakunida jamoamizga qimmatga tushishi mumkin edi, lekin omadimiz keldi. Katta tezlikda qarshi hujumga o'tgan mezbonlarning so'nggi zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Sanoqli santimetrlar «Bunyodkor»ning g'alabasiga to'sqinlik qila olmadi.

O'RTOQLIK UChRAShUVI
«GORODEYa» (Belorus) – «BUNYoDKOR» - 1:2 (0:1)
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov (Abdumavlon Abdujalilov, 46), Anvar G'ofurov (Valeriy Akopov, 71), Ulug'bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Dilshod Ahmadaliev (Muhammadodil Qahramonov, 59), Javohir Qahramonov (Boburbek Farhodov, 54), Nurillo To'xtasinov (Sanjar Rixsiboev, 81), Xurshid G'iyosov (Jasurbek Jaloliddinov, 61), Lutfulla To'raev (Farrux Ikromov, 67), Mirjahon Mirahmadov (Muhammad Diallo, 46; Vladislav Nuriev, 79).

Gollar: Maksim Rovbut, 34-o'z darvozasiga – 0:1. Muhammad Diallo, 58 – 0:2. Dmitriy Bayduk, 72 – 1:2.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida