Yangiliklar

Futbol — halollik joyi bo'lishi kerak

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov O'zbekiston futboliga rahbar etib saylanganidan xabaringiz bor. Aslida futbol tepasiga katta lavozimdagi odamlarning kelishi katta yangilik emas, hamma gap o'sha odam aslida kim ekani, futbolni qanchalik tushunishi va rivojlantirishni xohlashida.

Xursand qiladigan jihati shundaki, O'FAning yangi Prezidenti futboldan unchalik ham uzoq emas — aytishlaricha, u 2008-2009 yillarda O'zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti bo'lib ishlagan, «Mash'al» klubi prezidenti bo'lgan.

Azizovning bugungi bayonoti futbolni ancha teran tushunishi, futbolimizni yillar davomida xuddi kalamushdek kemirgan totalizator, kelishilgan o'yinlar, hakamlarni sotvolish, ularga bosim o'tkazish, futbolchilar transferi ortidan otning kallasidan otkat olish, bolalar futboli va shunga o'xshagan qanchadan-qancha muammolardan xabardor ekanini ko'rsatdi. Eng yoqqan iborasi shu bo'ldi: «Futbol — halolik joyi bo'lishi kerak!» Biz esa futbolimizda shuncha yil halollik bo'lmagani uchun ham shu holatdamiz.

Yana bir gap. Agar Abdusalom Azizov futbolda kelishilgan o'yinlar va totalizatorlarni yo'qotishga astoydil kirishsa, yo'qota olishiga hech kimda shubha yo'q. Buning uchun unda barcha narsa bor. Faqatgina astoydil, qat'iyat bilan kirishilsa, bas.

P.S: Abdusalom Azizovni yaqindan tanigan va birga ishlagan odamlar uning halol, mehnatkash, bir so'zli va qat'iyatli inson ekanini aytishadi. Umid qilamiz va ishonamizki, undagi ana shu xislatlar endi o'zbek futboli uchun ham naf keltiradi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida